YECHL pley off javob bahslari bugun start oladi

Yevropa Chempionlar ligasida pley-off bosqichi qizib bormoqda. Bugun aynan shu bosqich doirasida javob uchrashuvlari o‘tkaziladi va muxlislar uchun tun yana “uyquni o‘g‘irlaydigan” futbol kechasiga aylanadi.
Kun dasturini Toshkent vaqti bilan soat 22:45 dagi to‘qnashuv ochib beradi. “Atletiko Madrid” o‘z maydonida “Bryugge”ni qabul qiladi. Ilk o‘yin 3:3 hisobida yakunlangani uchun, bu juftlikda intriga to‘liq tirik — bitta gol ham hammasini o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Qolgan juftliklardagi barcha bahslar esa 01:00 da bir vaqtda boshlanadi. Ya’ni, kim futbolni tanlasa — bir vaqtning o‘zida bir necha “front”da hayajon.
Bugungi o‘yinlar ro‘yxati
22:45 — “Atletiko Madrid” – “Bryugge” (ilk o‘yin: 3:3)
01:00 — “Bayer” – “Olimpiakos” (ilk o‘yin: 2:0)
01:00 — “Inter” – “Budyo-Glimt” (ilk o‘yin: 1:3)
01:00 — “Nyukasl” – “Qorabog‘” (ilk o‘yin: 6:1)
Qisqasi, bugungi tun — hisob-kitob va asablar testi. Ayniqsa 3:3 hisobidagi natijadan keyin “Atletiko” va “Bryugge” o‘yinida har bir daqiqa “final” bo‘lib ketishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!