Vitaliy Denisov Rossiya va Oʻzbekiston o‘yinini ko‘rishni istaydi

Oʻzbekiston terma jamoasi va Toshkentning “Lokomotiv” klubi safida toʻp surgan sobiq himoyachi Vitaliy Denisov Oʻzbekiston hamda Rossiya terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazilishini xohlashini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Denisovning fikricha, bunday bahs har ikki jamoa uchun ham katta foyda beradi. U Oʻzbekiston uchun Rossiya munosib raqib ekanini ta’kidladi va uchrashuv Rossiyada ham, Oʻzbekistonda ham to‘la stadionlarda o‘tishiga ishonch bildirdi. Metaratings.ru uning soʻzlarini keltirdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya terma jamoalari toʻrt yil avval ilk bor oʻzaro maydonga tushgandi. Toshkentdagi “Paxtakor” arenasida o‘tgan oʻrtoqlik o‘yini o‘shanda 14 mingdan sal ko‘proq muxlisni jamlagan edi.
Rossiya terma jamoasi 2022 yildan buyon xalqaro musobaqalarda qatnashish imkonidan mahrum. Shu sabab jamoa asosan oʻrtoqlik uchrashuvlari bilan cheklanib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!