Pavlyuchenko Hiddinkni boshqa sayyoradan kelgandek ta'rifladi

«Spartak» va «Tottenhem»dagi o‘yinlari bilan tanilgan sobiq hujumchi Roman Pavlyuchenko Sergey Ignashevichning Rossiya terma jamoasi uchun XXI asrdagi eng yaxshi murabbiy haqidagi tanloviga munosabat bildirdi. CSKAning sobiq himoyachisi reytingda birinchi o‘ringa Stanislav Cherchesovni qo‘ygan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pavlyuchenko ham bu fikrga qo‘shildi, biroq Gus Hiddinkni alohida e’tirof etdi. Uning aytishicha, Hiddink darajasi go‘yoki «boshqa sayyoradan», Cherchesov esa undan biroz pastroq pog‘onada turadi.
Gollandiyalik mutaxassis Gus Hiddink Rossiya terma jamoasini 2006–2010 yillarda boshqargan va jamoani Yevropa chempionatida bronza medallarigacha olib borgan. Cherchesov esa 2016–2021 yillarda terma jamoa boshqaruvida ishlagan hamda Rossiyani jahon chempionatida chorak finalga olib chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!