Kerjakov Rossiya terma jamoasining hozirgi tarkibini baholadi

Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Aleksandr Kerjakov milliy jamoaning bugungi tarkibi haqida fikr bildirdi. Uning aytishicha, Valeriy Karpin qo'l ostida yig'ilgan futbolchilar orasida munosiblari bor. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Kerjakov ayniqsa Aleksandr Golovinning Yevropada jiddiy darajada o'ynayotganini ta'kidladi. Biroq u ushbu tarkib Yevropa chempionati yoki 2026 yilgi jahon chempionatida qanday natija ko'rsatishi mumkinligi haqida taxmin qilishdan tiyildi va bunday muhokamalarni yoqtirmasligini aytdi.
Shu bilan birga, sobiq futbolchi Rossiya terma jamoasi rasmiy musobaqalarga tezroq qaytishiga umid bildirdi.
Ma'lum qilinishicha, terma jamoaning navbatdagi yig'ini to'rt haftadan keyin bo'lib o'tadi. RFU hali mart oyidagi o'rtoqlik uchrashuvlari uchun raqiblarni e'lon qilmagan, biroq ulardan biri Mali terma jamoasi bo'lishi kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!