Xabi Alonso Liverpulga kelsa, ilk transfer nishoni aniq

Madridning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso kelasi mavsumdan boshlab “Liverpul”ni boshqarishi mumkin. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
TEAMtalk xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis ingliz klubi bilan muzokaralarda o‘z talablarini ham bildirgan. Manbada aytilishicha, agar Alonso yozda “qizillar” boshqaruviga kelsa, u “Real” yarim himoyachisi Arda Gyulerni jamoaga olib kelishni istamoqda.
Arda Gyuler 2023 yilda “Fenerbahche”dan 26 million yevro evaziga Madrid klubiga o‘tgandi. Turkiyalik futbolchining “Real” bilan shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha amal qiladi. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 38 o‘yinda maydonga tushib, 3 gol urdi va 12 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali Gyulerni 90 million yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing