date

BuFFon di Gregorioning pasayishiga munosabat bildirdi

BuFFon di Gregorioning pasayishiga munosabat bildirdi

Italiya futboli afsonasi, sobiq darvozabon Janluiji Buffon “Yuventus” posboni Mikkele di Gregorioning so‘nggi o‘yinlaridagi pasayish haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

So‘nggi haftalarda 28 yoshli darvozabon tez-tez tanqid ostida qolmoqda. Hatto yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida uning klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlar ham tarqaldi.

Buffonning aytishicha, di Gregorio o‘tgan mavsumda yoqimli taassurot qoldirgan va jamoaga Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishda yordam bergan. Sobiq golkiper pasayish kutilmagan bo‘lganini tan olarkan, bunday holatlar har qanday darvozabon bilan yuz berishini ta’kidladi. Uning fikricha, di Gregorio kuchli murabbiy bilan ishlayapti, jamoada muhit yaxshi va hamkasblari uni qo‘llab-quvvatlaydi: omad qaytadi, ba’zan shunchaki xotirjamlik va tiniq fikr kerak.

Joriy mavsumda Mikkele di Gregorio “Yuventus” safida 30 uchrashuvda maydonga tushib, 33 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » BuFFon di Gregorioning pasayishiga munosabat bildirdi