Lukas Paketa Vinisius mojarosi haqida keskin fikr bildirdi

“Flamengo”ning markaziy yarim himoyachisi Lukas Paketa Madridning “Real” klubi vingeri Vinisius Juniorni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
So‘nggi kunlarda braziliyalik futbolchi ishtirokidagi navbatdagi irqchilik mojarosi matbuotda keng muhokama qilinmoqda. Chempionlar ligasidagi “Benfika”ga qarshi uchrashuvda Vinisius raqib futbolchisi tomonidan aytilgan haqoratlar yuzasidan hakamga shikoyat qilgan.
Paketaning so‘zlariga ko‘ra, Vinisiusni yaqindan biladiganlar uning ko‘ngli toza ekanini yaxshi biladi. “Odamlar uning zimmasiga u ko‘tarishi shart bo‘lmagan yukni ortyapti. U — jabrlanuvchi. Bu holat haddan oshib ketdi”, — deya braziliyalik futbolchining fikrini ESPN Brazil keltirdi.
Joriy mavsumda Vinisius barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol va 11 ta assist qayd etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!