Kazemiro Manchester Yunayteddan ketgach Yevropada qolmoqchi

Yanvar oyida ma'lum qilingandiki, Kazemiro 2025/2026 yilgi mavsum yakunlangach «Manchester Yunayted»ni tark etadi va shartnomasi muddati tugashi sabab erkin agentga aylanadi. Jurnalist Semyuel Lakhherstning yozishicha, braziliyalik yarim himoyachi keyingi faoliyatini ham Yevropada davom ettirishni istamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Futbolchiga yaqin manbalar Kazemiro uchun ehtimoliy yo'nalish sifatida Italiyani tilga olmoqda.
Bir necha kun avval 34 yoshni qarshi olgan Kazemiro avvalroq Yevropada «Real» va «Portu» safida ham o'ynagan.
Shuningdek, avval matbuotda Kazemironing «Inter Mayami» rahbariyati bilan uchrashgani haqida xabarlar ham tarqalgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing