Arda Gyuler tug‘ilgan kunida Real safida 100-o‘yinga chiqadi

Chorshanba oqshomida «Real» Yevropa Chempionlar ligasida «Benfika»ga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazadi. Madridliklar bosh murabbiyi hujumkor yarim himoyachi Arda Gyulerni asosiy tarkibda maydonga tushirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Turkiyalik futbolchi uchun bu o‘yin «Real» libosidagi yubiley — 100-uchrashuv bo‘ladi. U bungacha o‘tkazgan 99 bahsda 15 ta gol urib, jamoadoshlariga 23 ta assist amalga oshirgan.
Qiziq tomoni, aynan shu kuni Arda 21 yoshni qarshi oladi va tug‘ilgan kuni uning «Real»dagi yubiley o‘yini bilan bir kunga to‘g‘ri keldi.
«Real» — «Benfika» uchrashuvini LiveResult portali matnli onlayn translyatsiya orqali yoritadi. Jamoalarning ilk o‘yinida «qaymoqranglilar» 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing