Belo'us Alonsoni Liverpul uchun munosib murabbiy dedi

Futbol funksioneri Yuriy Belo'us «Liverpul»ni kim boshqarishi kerakligi haqida fikr bildirdi. U bu boradagi mulohazalarini «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Belo'usning ta’kidlashicha, Xabi Alonso allaqachon o‘zini kuchli murabbiy sifatida ko‘rsatib bo‘lgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir paytlar «Liverpul» maydonda ustunlik qilgan bo‘lsa, hozir klub ichida turli tebranishlar sezilmoqda, yaqinda Saloh bilan bog‘liq mojarolar ham shuni ko‘rsatadi. Ekspert nazarida, jamoa bosh murabbiyi shunchalik obro‘li bo‘lishi kerakki, tarkibga har doim ham kirmaydigan futbolchi ham omma oldida tanqid qilishni xayoliga keltirmasin.
Yanvar oyida «Real» Xabi Alonsoni bosh murabbiylik lavozimidan bo‘shatgan edi. Shundan so‘ng Britaniya OAV «Liverpul» amaldagi murabbiy Arne Slot o‘rniga Alonso nomzodini ko‘rib chiqishga tayyor ekanini xabar qildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!