date

Potter Dyokeresh tanqidlar uni kuchaytirganini aytdi

Potter Dyokeresh tanqidlar uni kuchaytirganini aytdi

Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Grem Potter Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Viktor Dyokeresh manziliga bildirilgan tanqidlar futbolchining o'ziga foyda berganini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Kanonirlar» shved forvardini o'tgan yozda Lissabonning «Sporting» jamoasidan tarkibga qo'shib olgandi. Dyokeresh mavsum davomida unchalik yuqori natijadorlik ko'rsatayotgani uchun tez-tez tanqid ostida qoldi, bosh murabbiy Mikel Arteta esa ayrim o'yinlarda boshqa variantlarni afzal ko'rdi.

Potterga ko'ra, bosim va e'tirozlar Viktorning fe'l-atvoridagi mustahkamlikni yanada yaqqol ko'rsatdi. Murabbiy Dyokereshning darajasi borasida shubhalanmasligini aytib, uni yuqori klassdagi futbolchi va yaxshi inson sifatida ta'rifladi. Shuningdek, u hujumchi «Arsenal»ning barcha to'rtta musobaqadagi natijalariga o'z hissasini qo'shganini qo'shimcha qildi. Potter fikricha, tanqid — har bir futbolchining kasbiga xos sinovlardan biri.

Joriy mavsumda Viktor Dyokeresh «Arsenal» safida 36 uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Potter Dyokeresh tanqidlar uni kuchaytirganini aytdi