date

Buффon o'ziga o'xshatgan darvozabon nomini aytdi

Buффon o'ziga o'xshatgan darvozabon nomini aytdi

Italiya futboli afsonasi, sobiq darvozabon Janluiji Buffon bugungi avlod golkiperlari orasida o'ziga eng yaqin uslubdagi o'yinchini tilga oldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Yuventus" va Italiya terma jamoasining sobiq posboni Buffon "Atalanta" darvozaboni Marko Karnezekkini alohida ajratdi. So'nggi paytlarda u top-klublardan biriga o'tishi mumkinligi haqida gap-so'zlar tinmayapti.

Buffonning ta'kidlashicha, Karnezekkida yuqori darajali darvozabon bo'lish uchun zarur bo'lgan qo'pollik va jur'at bor. Italiyalik OAV Buffonning shu fikrlarini keltirdi.

Chorshanba kuni Karnezekki "Atalanta"ga Dortmundning "Borussiya"sini 4:1 hisobida mag'lub etishda yordam berdi. Jamoa ilk uchrashuvdagi 0:2 hisobidagi mag'lubiyatga qaramay, YeChLning 1/8 finaliga yo'l oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Buффon o'ziga o'xshatgan darvozabon nomini aytdi