Al-Nasr autsayder maydonida 5 gol urdi, Ronaldu ham gol muallifi

Saudiya Arabistoni chempionatining 23-turida Ar-Riyodning «Al-Nasr» jamoasi safarda turnir jadvalining eng quyi pogʻonasida borayotgan «Al-Najma» bilan toʻqnashdi va yirik hisobda gʻalaba qozondi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv avvalida Joau Felishning uzatmasidan keyin xavfli vaziyat yuzaga keldi, biroq uning zarbasi toʻsinga tegdi. Koʻp oʻtmay «Al-Nasr» penalti orqali hisobni ochdi: 11 metrlik nuqtadan Krishtianu Ronaldu aniq zarba berib, darvozabonning sakrashiga qaramay toʻpni burchakka joyladi — 0:1.
31-daqiqada Sadio Mane chap qanotdan hujumni tezlatdi, Marcelo Brozovich jarima maydoniga pas uzatdi va Kinglsli Koman burilib zarba berib, hisobni 0:2 ga yetkazdi. Birinchi bo‘lim oxirlarida burchak zarbasidan keyin Inyigo Martines uzoq masofadan past zarba yo‘lladi, darvozabon esa kutilmaganda to‘pni oyoqlari orasidan o‘tkazib yubordi — 0:3.
Ikkinchi taym boshida Mane Ronalduga yakkama-yakka imkoniyat yaratib berdi, ammo portugaliyalik bu safar darvozabonni dogʻda qoldira olmadi. 52-daqiqada esa Na waf al-Bushayl jarima maydoniga yorib kirib, toʻpni markazga uzatdi: Ronaldu zarba bermay, chap tomonga pas berdi va Mane toʻpni toʻsin ostiga mixlab qoʻydi — 0:4.
Mehmonlar yana bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirdi: Al-Hamdan zarbasida toʻsin yordamga keldi, Simakan esa o‘tkir burchakdan yo‘llagan zarbasida darvozabondan oʻta olmadi. Yakunda burchakdan oshirilgan toʻpni Inyigo Martines bosh bilan uzoq burchakka yoʻllab, dubl qayd etdi — 0:5.
Shu tariqa «Al-Najma» turnir jadvalining eng pastida qolmoqda, «Al-Nasr» esa 2 ochkolik ustunlik bilan peshqadamlikni saqlab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!