Bavariya Noyer o'rnini kim egallashini belgilab qo'ydi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyer joriy mavsum yakunidan so'ng jamoani tark etishi mumkin. Mart oyida 40 yoshga to'ladigan sardor hozircha faoliyatini davom ettirish-ettirmasligi bo'yicha yakuniy qarorga kelmagan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bayern & Germany xabariga ko'ra, agar Noyer yozda ketadigan bo'lsa, klub uning o'rniga Jonas Urbigni asosiy voris sifatida ko'rmoqda va unga raqobatchi izlash rejalashtirilmayapti. «Bavariya» yangi posbonni taklif qilishi mumkin, biroq faqat zaxira darvozabon roli uchun.
Manuel Noyer 2011 yildan beri «Bavariya» safida to'p suradi. Ushbu mavsumda u 28 uchrashuvda 27 ta gol o'tkazib yuborgan.
22 yoshli Jonas Urbig esa joriy kampaniyada 9 o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol o'tkazgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!