Pavlyuchenko Vulverhempton va Aston Villa o‘yinida g‘olibni aytdi

Pavlyuchenko Vulverhempton va Aston Villa o‘yinida g‘olibni aytdi

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida «Vulverhempton» o‘z maydonida Birmingemning «Aston Villa» jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan sobiq «Tottenhem» hujumchisi Roman Pavlyuchenko o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Pavlyuchenkoga ko‘ra, Unai Emeri jamoasi hozir ancha kuchli ko‘rinmoqda: tarkib ishonchli, o‘yin tizimi tartibli va klub nima uchun kurashayotganini yaxshi tushunadi. U «Aston Villa» safarda ham «Vulverhempton»dan ustun keladi, deb hisoblaydi.

«Vulverhempton» – «Aston Villa» uchrashuvi bugun, 27 fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

APL jadvalida «bo‘rilar» oxirgi o‘rinda bormoqda, «Aston Villa» esa uchinchi pog‘onadan joy olgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar