date

Rossiya terma jamoasi martdagi ikkinchi raqibini bildi

Rossiya terma jamoasi martdagi ikkinchi raqibini bildi

Mart oyida Rossiya terma jamoasi ikki nazorat uchrashuvi o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Avvalroq Valeriy Karpin shogirdlari Krasnodarda Nikaragua bilan maydonga tushishi ma’lum bo‘lgan edi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rossiya futbol ittifoqi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 31 mart kuni BetBoom uchrashuvida Rossiya Mali terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Bellashuv Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadi va start hushtagi 22:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi FIFA reytingida 36-o‘rinda bormoqda. Bo‘lajak raqib Mali esa 54-pog‘onani egallagan. Ularning yonida Peru va Chili joylashgan — Karpin jamoasi o‘tgan yil noyabrida aynan shu terma jamoalarga qarshi bahs olib borgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi martdagi ikkinchi raqibini bildi