date

Kafanov Safonov va Haykin muvaffaqiyatini rus mentaliteti bilan izohladi

Kafanov Safonov va Haykin muvaffaqiyatini rus mentaliteti bilan izohladi

Rossiya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Vitaliy Kafanov Matvey Safonov hamda Nikita Haykinning natijalari qisman ularning mentaliteti bilan bog'liq ekanini ta'kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Haykin himoya qilayotgan «Bude-Glimt» klubi tarixda ilk bor Chempionlar ligasi 1/8 finaliga chiqdi. Safonov to'p surayotgan «PSJ» ham ayni bosqichda o'ynaydi va Fransiya chempionatida peshqadamlik qilmoqda.

Kafanovning fikricha, bu bejiz emas: tarixan rus odami ruhiyatida qutqarish, yordamga yetib borish va qahramonlikka intilish kuchli, bunday sifatlar sportda eng avvalo darvozabonlarga xos.

Shuningdek, mutaxassis Avstriyaning «Shturm» klubidagi Daniil Hudyakovni ham alohida qayd etdi. Haykin borasida esa Kafanov uni mahalliy darvozabonlik maktabi yetishtirgan futbolchi deb hisoblashini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kafanov Safonov va Haykin muvaffaqiyatini rus mentaliteti bilan izohladi