date

Rosenyor Chelsi PSJga tushganini hayajon bilan baholadi

Rosenyor Chelsi PSJga tushganini hayajon bilan baholadi

Chelsi Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida PSJ bilan to‘qnash keladi. Qur’a natijalaridan so‘ng London klubi bosh murabbiyi Liam Rosenyor juftlik haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mutaxassis parijliklarni yuqori baholab, bu turdagi o‘yinlar futbol uchun yashashga arzigulik lahzalar ekanini ta’kidladi. Rosenyor avval Fransiyada PSJga qarshi o‘ynagan tajribasi borligini aytib, jamoa va bosh murabbiy Luis Enrikening ishini alohida e’tirof etdi.

Shu bilan birga, u Chelsi hozircha asosiy e’tiborni yaqinlashib kelayotgan uchta uchrashuvga qaratishi kerakligini, shundan keyingina PSJga qarshi bahslar haqida to‘liq o‘ylash mumkinligini qayd etdi.

PSJ — Chelsi juftligi g‘olibi chorak finalda Galatasaray yoki Liverpuldan biriga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rosenyor Chelsi PSJga tushganini hayajon bilan baholadi