Arteta Arsenalning kvadrupel imkoniyati haqida fikr bildirdi

Londonning «Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Mikel Arteta bu mavsumda klub barcha sovrinlarni bir yo‘la qo‘lga kiritishi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
«Kanonirlar» APLda peshqadam bo‘lib turibdi va qolgan barcha musobaqalarda, jumladan, Chempionlar ligasida ham kurashni davom ettirmoqda.
«Kvadrupelni yutish qanchalik qiyin? Buni kimdir uddalaganmi? Javob shunda. Hozir bizga eng muhimi — har bir uchrashuvga alohida e’tibor qaratib, o‘yinma-o‘yin oldinga yurish. Yakunda nimaga erishganimizni ko‘ramiz», — dedi Arteta matbuot anjumanida.
Yakshanba kuni «Arsenal» Angliya chempionati doirasida o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qiladi. Uchrashuv 21:30 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing