date

Mxitariyan Arsenalni tark etgach Milan variantini esladi

Mxitariyan Arsenalni tark etgach Milan variantini esladi

Armanistonlik yarim himoyachi Genrix Mxitariyan hozir milanlik «Inter» safida top tepmoqda, biroq faoliyatida u boshqa yo‘l bilan ketib, «Roma» emas, aynan «Milan»ga borib qolishi ham mumkin edi. Futbolchining aytishicha, bu tafsilotlar uning juma kuni Milanda taqdimoti o‘tgan kitobida ham keltirilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mxitariyan «Arsenal»dan keyin «Milan»ga o‘tish imkoniyati bo‘lganini ta’kidladi, ammo muzokaralar cho‘zilib ketgani sabab u «Roma» bilan kelishuvni yakunlab qo‘ygan. Shundan so‘ng futbolchi ortga qaytishni istamaganini, oilasi ham Rimga ko‘chishga tayyor bo‘lganini qayd etgan.

Yarim himoyachining kitobi «Genrix Mxitariyan — sxemadan tashqaridagi futbolchi» deb nomlanadi. U avvalroq Germaniya Bundesligasida ham o‘ynagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mxitariyan Arsenalni tark etgach Milan variantini esladi