RFS Rossiya terma jamoasi o'yinlari o‘tkaziladigan shaharlarni izohladi

Rossiya futbol ittifoqi (RFS) bosh kotibi Maksim Mitrofanov terma jamoaning Nikaragua va Mali bilan o‘rtoqlik uchrashuvlari nega mos ravishda Krasnodar hamda Sankt-Peterburgda o‘tkazilishini tushuntirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mitrofanovning so‘zlariga ko‘ra, qaror qabul qilishda bir nechta omillar, jumladan iqlim sharoiti ham inobatga olingan. Maqsad — jamoa tayyorgarligi va o‘yinlarni imkon qadar qulay muhitda tashkil etish, shu bilan birga muxlislarga futbol bayramini taqdim etish. U “Match TV”ga bergan izohida har ikki shaharda ham bu vazifa uddalanishiga ishonch bildirdi.
Rossiya — Nikaragua uchrashuvi 27 mart kuni Krasnodarda bo‘lib o‘tadi, Mali terma jamoasiga qarshi bahs esa 31 mart kuni Sankt-Peterburgda o‘tkaziladi. Qayd etilishicha, rossiyaliklarga raqib bo‘ladigan har ikki terma jamoa ham 2026 yil Shimoliy Amerikada o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatiga yo‘llanma olmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!