APLning besh klubi Murilloni safiga qo'shmoqchi

«Nottingem Forest»ning markaziy himoyachisi Murillo Angliya Premyer-ligasi klublari e'tibor markaziga tushdi. Bu haqda Teamtalk nashri xabar bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchini transfer qilish masalasiga Londonning «Arsenal» va «Chelsi» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, «Liverpul», «Tottenhem» hamda «Manchester Yunayted» ham Murilloni o'z tarkibida ko'rishni istayapti.
23 yoshli himoyachining transfer qiymati 55 million yevroga baholanmoqda. Uning «o'rmonchilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
Joriy APL mavsumida Murillo 19 o'yinda maydonga tushib, bitta gol urdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing