Ribeyruning tovon bilan urgan goli Augsburgga g'alaba keltirdi

Bundesliganing 24-turi start uchrashuvida formasini topib olgan «Augsburg» o'z maydonida «Kyo'ln»ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yinda keskin vaziyatlar ko'p bo'lmadi, biroq hisobni mehmonlar ochib yuborishi ham mumkin edi: burchakdan uzatilgan to'pdan so'ng Erik Martel bosh bilan zarba berib, to'singa tekkizdi.
55-daqiqada Noakay Benks jarima maydoniga uzatma amalga oshirdi va Rodrigo Ribeyru tovon bilan ajoyib zarba yo'llab, uchrashuvdagi yagona va g'alaba golini urdi — 1:0.
Qo'shimcha vaqtning oltinchi daqiqasida «Augsburg» tezkor qarshi hujumni yakunlab, Aleksis Klod-Morisning aniq zarbasi bilan hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi.
Ushbu natijadan keyin «Augsburg» turnir jadvalida 9-o'rinda bormoqda, «Kyo'ln» esa 12-pog'onada qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!