date

Safonov PSJga ishonch baxsh etgani ta'kidlandi

Safonov PSJga ishonch baxsh etgani ta'kidlandi

Fransiya chempionatining 24-turida PSJ safarda «Gavr»ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. Uchrashuvdagi yagona golni birinchi bo'lim yakuniga yaqin Barcola kiritdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Le Parisien nashri bu bahsda maydonga tushgan rossiyalik darvozabon Matvey Safonovning o'yinini yuqori baholab, uning «quruq» o'yin o'tkazganini qayd etdi.

Materialda aytilishicha, Safonov uchrashuv boshida (epizod ofsayd bilan yakunlangan bo'lsa ham) muhim seyv amalga oshirib, o'yin ritmiga ta'sir ko'rsatgan. Darvozabon «Gavr»ning hujumlari paytida o'zini xotirjam va ishonchli tutib, harakatlari bilan PSJga qo'shimcha ishonch bergan.

Joriy mavsumda 27 yoshli golkiper Fransiya chempionatida 7 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol o'tkazib yuborgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Safonov PSJga ishonch baxsh etgani ta'kidlandi