Fulhem mavsumda ikkinchi bor Tottenhemni yengdi

Angliya Premyer-ligasining 28-turida «Fulhem» Londondagi raqibi «Tottenhem»ni maglub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Joriy mavsumning birinchi davrasida ham «dachniklar» ustun kelgandi — o‘shanda ham hisob 2:1 bo‘lgan va uchrashuv 2025 yil 29 noyabr kuni o‘tkazilgan.
Shu tariqa «Fulhem» APLdagi butun tarixida atigi ikkinchi marta bir mavsumning o‘zida «Tottenhem»ni ikki marta yengishga erishdi.
Bunday natija avval faqat 2003/2004 yilgi esda qolarli mavsumda qayd etilgan — o‘sha yili «Arsenal» chempionatni maglubiyatsiz yakunlagan.
Hozirda «Fulhem» Premyer-liga turnir jadvalida 9-o‘rinni egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing