Marco Silva Chelsi boshqaruviga oʻtishi mumkinmi?

1 daqiqa o'qish199
Marco Silva Chelsi boshqaruviga oʻtishi mumkinmi?

Fulxem bosh murabbiyi Marco Silva atrofidagi vaziyat noaniqligicha qolmoqda. Portugaliyalik mutaxassisga Chelsi klubi tomonidan qiziqish ortib borayotgan bir paytda, u oʻz kelajagi borasida yakuniy qarorga kelgani yoʻq. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Fulxem rahbariyati noyabr oyidan buyon murabbiyga uch yillik yangi shartnoma taklif qilib kelmoqda, biroq Silva hali ham hujjatlarga imzo chekishga shoshilmayapti. Klub kelgusi mavsum uchun reja tuzishda qiynalmoqda va agar Silva ketishga qaror qilsa, muqobil variantlarni koʻrib chiqishni boshlagan.

Chelsi rahbariyati jamoani barqarorlashtira oladigan murabbiy izlamoqda va Silva bu boradagi asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, londonliklar Xabi Alonso va Andoni Iraola nomzodlarini ham oʻrganib chiqmoqda.

Vaziyatni yanada murakkablashtirayotgan yana bir omil — Benfika klubining qiziqishi. Agar Jose Mourinho jamoani tark etsa, Portugaliya grandi aynan Silvani asosiy nomzod sifatida koʻrmoqda.

DAZN nashriga bergan intervyusida Marco Silva klub uning qolishini istayotganini tasdiqladi, biroq hozirgi diqqat-eʼtibori mavsum yakunidagi oʻyinlarga qaratilganini taʼkidladi. U mavsum yakunlangach, oʻz kelajagi boʻyicha aniq qaror qabul qilishini maʼlum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?