Sofascore talqiniga ko'ra eng yosh futbolchilar reytingi

Futbol statistikasi bilan shug'ullanuvchi nufuzli Sofascore portali 2015 2016 yilgi mavsumdan buyon Yevropaning kuchli beshlik chempionatlarida o'zini ko'rsatgan eng yosh futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi. Ushbu reytingda maydonga tushgan va o'z o'yinlari bilan yuqori baholarga loyiq ko'rilgan iqtidorli yoshlar o'rin olgan.
Zamonaviy futbolda yosh futbolchilarning katta sahnalarga chiqishi odatiy holga aylanib bormoqda. "Barselona", "Real Madrid" yoki "Bavariya" kabi grand klublar ham aynan shunday yosh iqtidorlarni izlash va ularni tarbiyalashga katta e'tibor qaratmoqda. Sofascore tomonidan taqdim etilgan ushbu tahlil, aynan o'z jamoasining asosiy tarkibida o'rnini topa olgan va barqaror o'yin ko'rsatgan yosh yulduzlarni saralab berdi.
Mutaxassislarning fikricha, bunday statistik ko'rsatkichlar kelajakda futbol olamida kimlar hukmronlik qilishini oldindan aytib berishga yordam beradi. Ro'yxatdan joy olgan futbolchilar nafaqat o'z klublari, balki milliy terma jamoalarining ham kelajagi hisoblanadi. Ushbu yosh iqtidorlar o'zlarining texnik mahorati va maydondagi aqlli harakatlari bilan muxlislar mehrini qozonishga ulgurishdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!