date

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyga imkoniyatni boy berdi

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyga imkoniyatni boy berdi

Kotrina Kulbite boshchiligidagi O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi doirasidagi ikkinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. Afsuski, vakillarimiz ushbu bahsda Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Uchrashuv davomida raqiblarimizdan Shao Zikin bir bor, Li Kinton esa ikki bor darvozamizni ishg'ol qilib, dubl qayd etdi.

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz musobaqaning birinchi turida KXDR vakillariga ham 0:3 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Shunga qaramay, qizlarimizda hali pley-off bosqichiga chiqish uchun nazariy imkoniyatlar saqlanib qolmoqda. Buning uchun jamoamiz uchinchi turda g'alaba qozonishi va qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha omad yor bo'lishi talab etiladi.

Ushbu muhim bahsda O'zbekiston sharafini Jonimqulova, Xikmatova, Dadaboyeva, Asadova, Kudratova, Ablyakimova, Xabibullayeva, Shoyimova, Mamatkarimova, Karachik hamda Zoirova himoya qildi. Zaxira o'rindig'ida esa Gulomova, Saidova, Tosheva, Xusniddinova, Turdiboyeva, Amirova, Nozimova, Tillova, Zaripova, Oraniyazova, Kuchkarova, Aminjonova, Valixanova, Usarova va Baxtiyorova kabi futbolchilar joy oldi.

Guruh bosqichining hal qiluvchi uchinchi turida O'zbekiston terma jamoasi Bangladesh vakillariga qarshi maydonga tushadi. Mazkur uchrashuv 2024 yil 9 mart kuni bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O'zbekiston ayollar terma jamoasi Xitoyga imkoniyatni boy berdi