date

Prezident saylovida Laporta yutqazsa Flik "Barselona"dan ketishi mumkin

Prezident saylovida Laporta yutqazsa Flik "Barselona"dan ketishi mumkin

“Barselona”ni Ispaniya chempioni darajasiga olib chiqqan germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik klubda ishi yurishib turganiga qaramay, Kataloniya bilan xayrlashishi ehtimoli haqida gap-so‘zlar ko‘paydi. Gap shundaki, Flikning kelajagi to‘g‘ridan to‘g‘ri klub prezidenti Joan Laportaning taqdiriga bog‘lanib qolgani aytilmoqda.

Jurnalist Florian Plettenberg X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, agar Joan Laporta klub prezidentligiga qayta saylanmasa, Flik “Barselona”dan ketish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.

Aslida, nemis murabbiyining klubda qolishga nisbatan qiziqishi bor. U “Barselona” muhitini, shaharni, klub ruhini va muxlislarni yuqori baholaydi, shartnomani ham uzaytirishdan manfaatdor ekani ta’kidlanmoqda. Lekin shu bilan birga, Flik o‘zining uzoq muddatli rejalarini aynan Laporta bilan bog‘lab qo‘yayotgani aytilyapti: u prezident bilan bir jamoada ishlab, klub strategiyasini birga qurishni istaydi.

Eng muhim nuqta — sana. Agar 15-mart kuni bo‘ladigan saylovda Laporta prezidentlikni saqlab qololmasa, Flikning ketishi ikki xil ssenariyda ro‘y berishi mumkin: yo shu yozdayoq yoki 2027-yilda shartnoma muddati yakunlangach.

Qisqasi, klubda maydondagi natijalar yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin “Barselona”da har doim bitta haqiqat bor: katta qarorlar faqat futbol bilan emas, boshqaruv bilan ham hal bo‘ladi. Endi muxlislar uchun intriga bitta — 15-martdagi saylovdan keyin klubning kelajak xaritasi qay tomonga buriladi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Prezident saylovida Laporta yutqazsa Flik "Barselona"dan ketishi mumkin