UFC 326 gonorarlari ochiqlandi: kim qancha daromadga ega bo‘ldi?

Kecha bo‘lib o‘tgan UFC 326 turniridan keyin jangchilarning gonorarlari ham ma’lum bo‘ldi. Raqamlarga qarasak, bu kechada eng katta pul — asosiy yulduzlar qo‘liga tushgani aniq: reyting, status va ekran vaqti qanchalik katta bo‘lsa, chek ham shunchalik “semiz”.
Eng yuqori gonorar Maks Holluey hisobiga to‘g‘ri keldi — u 2.282.000 dollar olgan. Undan keyin Charlz Oliveyra 1.542.000 dollar bilan ikkinchi o‘rinda turibdi. Qolgan jangchilarda ham yomon emas: ayrimlar uchun bu turnir — kareradagi eng yaxshi moliyaviy kechalardan biri bo‘lishi mumkin.
Quyida kecha e’lon qilingan gonorarlar ro‘yxati:
- Maks Holluey — 2.282.000 $
- Charlz Oliveyra — 1.542.000 $
- Dyu Dober — 415.000 $
- Maykl Jonson — 370.000 $
- Rob Font — 315.000 $
- Gregori Rodriges — 310.000 $
- Kodi Garbrandt — 215.000 $
- Kayo Barralyo — 211.000 $
Xulosa oddiy: UFCda faqat jang emas, brend ham ishlaydi. Kim kattaroq “nom” bo‘lsa — u ko‘proq oladi. Lekin baribir hamma uchun qoida bitta: pulga chiqish uchun avval oktagonda ishni qilib qo‘yish kerak.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!