19:08 / 27.03.2017
5 831

Do‘stmatov bilan. Astana Arlans jamoasiga qarshi ro‘yxat ma’lum bo‘ldi

Do‘stmatov bilan. Astana Arlans jamoasiga qarshi ro‘yxat ma’lum bo‘ldi
Butunjahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 5-turida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi Toshkentda Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi bokschilariga qarshi javob uchrashuvini o‘tkazadi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Toshkentdagi «O‘zbekiston» sport majmuasida 1 aprel kuni o‘tkaziladigan uchrashuvda Uzbek Tigers va Astana Arlans jamoalari qanday tarkibda ishtirok etishini ma’lum qilindi. O‘zbekistonlik bokschilar tarkibi quyidagicha:

-49 kilogramm: Hasanboy Do‘stmatov (Rio–2016 Olimpiya o‘yinlari chempioni);

-56 kilogramm: Abdulhay Shorahmatov (O‘zbekiston chempioni);

-64 kilogamm: Elnur Abduraimov (Jahon chempionati sovrindori);

-75 kilogramm: Isroil Madrimov (Osiyo o‘yinlari kumush medal sovrindori);

+91 kilogramm: Zuhriddin Mahkamov (O‘zbekiston chempioni).

Astana Arlans ham ushbu uchrashuvga eng kuchli bokschilarini jalb etgan:

-49 kilogramm: Temirtas Jusupov (Osiyo chempioni)

-56 kilogramm: Ilyos Suleymenov (Osiyo o‘yinlari g‘olibi)

-64 kilogramm: (Dilmurod Mijitov) Qozog‘iston chempionati sovrindori

-75 kilogramm: Saparbay Aydarov (Qozog‘iston chempioni)

+91 kilogramm: Anton Pinchuk (Osiyo chempioni va Osiyo o‘yinlari g‘olibi)

Uzbek Tigers WSB doirasida shu vaqtgacha 4 marta jang o‘tkazdi. O‘zbekiston vakillari avvaliga Xitoyda China Dragons jamoasidan 2:3 hisobida yengilgandi, keyingi turda Qozog‘istonda Astana Arlans jamoasiga 1:4 hisobida imkoniyat boy berildi. Toshkentda bo‘lib o‘tgan 3-tur bahsida Uzbek Tigers Rossiyaning Patriot Boxing Team jamoasini 5:0 hisobida taslim qildi. 4-turda esa O‘zbekiston jamoasi China Dragons jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi va safardagi mag‘lubiyat uchun qasos oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Do‘stmatov bilan. Astana Arlans jamoasiga qarshi ro‘yxat ma’lum bo‘ldi