date

Gvardiola Husanov va boshqalarning debyut o‘yinidan mamnun bo‘ldi (video)

Gvardiola Husanov va boshqalarning debyut o‘yinidan mamnun bo‘ldi (video)

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tgan "Real Madrid"ga qarshi jamoaning javob uchrashuvidan so‘ng yosh futbolchilar haqida o‘z fikrlarini bayon etdi.

"Husanov uchun bu Chempionlar ligasida ilk bahs edi. Rayan Sherki ham ushbu turnirda birinchi marta maydonga tushdi. Antuan Semeno ham "Bernabeu"da debyut qildi. Bunday holatlar uchun vaqt talab etiladi. Bu yerdagi dastlabki mavsumlar ham har doim mukammal o‘tmagan. Masalan, "Monako"ga qarshi aynan shu bosqichda musobaqadan chiqqandik. Hozir jamoada ko‘p yangi futbolchilar bor, ammo men ko‘plab ijobiy jihatlarni aniq ko‘rdim.

Hatto Madriddagi dastlabki 15–20 daqiqa va bu yerdagi birinchi 15–20 daqiqa jamoaning darajasini aniq ko‘rsatdi. Biz o‘sha paytlarda ham o‘yin ichida edik va futbolchilarimning harakatlari meni qoniqtirdi", — dedi Gvardiola.

Ma’lumot uchun, "shaharliklar" nimchorak finalda ikki o‘yinning umumiy natijasiga ko‘ra "Real Madrid"dan mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etishga majbur bo‘ldi. Murabbiyning fikricha, yosh futbolchilarning debyut harakatlari va turnirdagi tajriba ularning kelajakdagi rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Husanov va boshqalarning debyut o‘yinidan mamnun bo‘ldi (video)