Deniz Undav Bundesligada mart oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Germaniya Bundesligasida mart oyi yakunlariga ko‘ra oyning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Ushbu nufuzli sovrin Deniz Undavga nasib etdi. “Shtutgart” safida to‘p surayotgan hujumchi o‘zining samarali o‘yini bilan raqiblaridan ustun keldi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, u Paul Nebel, Yan Diomande, Hennes Berens, Konstantinos Kuliyerakis va Igor Matanovich kabi kuchli nomzodlarni ortda qoldirdi.
29 yoshli forvard mart oyida juda yuqori forma namoyish etdi. U Bundesliga doirasida o‘tkazgan 4 ta uchrashuvda 5 ta gol muallifiga aylanib, jamoasining hujum chizig‘ida yetakchi figuraga aylandi. Uning gollari nafaqat statistik ko‘rsatkichlarni yaxshiladi, balki jamoasi natijalariga ham bevosita taʼsir ko‘rsatdi.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, Undavning barqaror o‘yini va yuqori samaradorligi uni Germaniya milliy jamoasiga chaqirish ehtimolini yana-da oshirmoqda. Agar u shu ruhda davom etsa, kelajakda yana katta sovrinlar va eʼtiroflar uni kutmoqda.
Qisqasi, Undav mart oyida “rejim monstr” bo‘ldi — kam o‘ynab, ko‘p urdi. Endi eng qizig‘i: u bu tempni ushlab tura oladimi yoki bu faqat “bir oylik xayp”mi? Vaqt ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!