date

«Manchester Siti» — “Liverpul”: boshlang‘ich tarkiblar eʼlon qilindi

«Manchester Siti» — “Liverpul”: boshlang‘ich tarkiblar eʼlon qilindi

Bugun, 4 aprel kuni Angliya Kubogi 1/4 finali doirasida «Manchester Siti» “Liverpul”ni qabul qiladi. Bellashuv Manchester shahridagi “Etihad” stadionida bo‘lib o‘tadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 16:45da boshlanadi.

Maʼlumot uchun, avvalgi bosqichda «Manchester Siti» “Nyukasl”ni, “Liverpul” esa “Vulverhempton”ni mag‘lub etgan edi.

Jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari bilan tanishing:

Manchester Siti: Trafford, Nunesh, Husanov, Gehi, O‘Rayli, Rodri, Silva, Semenyo, Sherki, Doku, Holand.

Liverpul: Mamardashvili, Gomes, van Deyk, Konate, Kerkez, Virs, Soboslay, Saloh, Jons, Gravenberx, Ekitike.

Shuningdek, chorakfinalda “Chelsi” — «Port Veyl», “Sauthempton” — “Arsenal” hamda «Vest Hem» — “Lids” juftliklari ham o‘zaro bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, turnirning amaldagi g‘olibi «Kristal Pelas» bo‘lib, ular o‘tgan finalda «Manchester Siti»ni 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Manchester Siti» — “Liverpul”: boshlang‘ich tarkiblar eʼlon qilindi