Gvardiola: “Chelsi”ni mag‘lub eta olmasak, biz uchun hammasi tugaydi...

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Premyer-ligada “Chelsi”ga qarshi safar uchrashuvi jamoa taqdiri uchun juda muhim ekanini taʼkidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agar “Siti” “Stemford Bridj”da g‘alaba qozona olmasa, keyingi turda “Arsenal”ga qarshi o‘yin oldidan o‘tkaziladigan matbuot anjumani ham maʼnosiz bo‘lib qolishi mumkin.
— “Agar biz “Stemford Bridj”da g‘alaba qozonmasak, ehtimol, “Arsenal”ga qarshi keyingi o‘yin oldidan matbuot anjumani o‘tkazishga hojat ham qolmaydi, chunki hammasi tugaydi. Buni hamma biladi. Siz bilasiz, men bilaman, o‘yinchilar biladi”, — dedi Gvardiola.
Aytish joiz, o‘tgan turda chempionat peshqadami bo‘lgan “Arsenal” o‘z maydonida kutilmaganda “Bornmut”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu esa chempionlik poygasini yana-da qizdirdi.
Hozirgi holatga ko‘ra, “Manchester Siti” “Arsenal”dan 9 ochko ortda qolmoqda va qo‘lida ikki zaxira o‘yini mavjud. Agar Gvardiola jamoasi Londonda “Chelsi”ni mag‘lub etsa hamda 19 apreldagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuvda “Arsenal”ni yengsa, ochkolar farqini bartaraf etish imkoniyati paydo bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!