Husanov ishtirokida “Chelsi” — “Manchester Siti” tarkiblari eʼlon qilindi

Angliya Premyer-ligasining 32-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Chelsi” — “Manchester Siti” uchrashuvi uchun jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari maʼlum qilindi. Bu bahs muxlislar eʼtiborini tortgan o‘yinlardan biri bo‘lib, katta kurashlarga boy o‘tishi kutilmoqda.
Uchrashuv bugun Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.
Eng eʼtiborli jihatlardan biri — “Manchester Siti” safida O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushishi bo‘ldi. U ushbu muhim bahsni birinchi daqiqalardan boshlaydi.
APL. 32-tur
Chelsi — Manchester Siti
13 aprel. 20:30
“Chelsi” boshlang‘ich tarkibi: Sanches, Gyusto, Fofana, Xato, Kukurelya, Kaysedo, Santos, Palmer, Estevao, Netu, Joau Pedro.
“Manchester Siti” tarkibi: Donnarumma, Nunesh, Husanov, Gexi, O‘Rayli, Rodri, Silva, Semenyo, Sherki, Doku, Holand.
Ushbu tarkiblar har ikki jamoaning g‘alaba uchun eng kuchli variantlari sifatida baholanmoqda va muxlislar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!