date

“Bavariya”—”Real” bahsini boshqargan hakamni ekspertlar tanqid qildi

“Bavariya”—”Real” bahsini boshqargan hakamni ekspertlar tanqid qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda futbol hakamlari faoliyatini tahlil qilib boruvchi Archivo VAR “Bavariya” va “Real Madrid” o‘rtasidagi Chempionlar ligasi uchrashuvini boshqargan referi Slavko Vinchich ishini qattiq tanqid qildi.

Platforma ushbu sloveniyalik hakamga 10 balldan atigi 1 ball qo‘yib, uning hakamligini deyarli “halokatli” deb baholagan. Ularning fikricha, bu Vinchichning so‘nggi yillardagi eng omadsiz hakamliklaridan biri bo‘lgan:

“Slavko Vinchichdan navbatdagi halokatli hakamlik. Bundan yomoni bo‘lishi mumkin emasdi.”, – deb yozadi Archivo VAR.

Tahlilda qayd etilishicha, Vinchich bir qator muhim epizodlarni eʼtiborsiz qoldirgan va o‘yinni to‘liq nazorat qila olmagan. U ikki jiddiy xatoga yo‘l qo‘ygani, bu esa bevosita ikki golga taʼsir ko‘rsatgani aytilmoqda:

"Anchadan beri muhim o‘yinlarni uddalay olmayotgan sloveniyalik hakam barcha mumkin bo‘lgan epizodlarni o‘tkazib yubordi. U ikkita jiddiy xatoga yo‘l qo‘yib, ikkita golga sababchi bo‘lib qoldi.”, – deb yozadi Archivo VAR.

Shuningdek, Eduardo Kamavinga holati ham muhokama qilindi. Manbaga ko‘ra, hakam uni to‘pni bir necha soniya ushlab turgani uchun ikkinchi sariq kartochka bilan maydondan chetlatgan. Tahlilchilar esa bu qarorni orttirilgan va Yevropa Chempionlar ligasi standartlariga mos kelmaydigan deb baholashgan:

"Kamavingaga to‘pni bir necha soniya ushlab turgani uchun ikkinchi sariq kartochka taqdim etdi - bu harakat uchun Chempionlar Ligasida hech qachon o‘yinchi chetlatilmaydi.”, – deb yozadi Archivo VAR.

Bundan tashqari, juda muhim va aniq qoidabuzarliklar eʼtibordan chetda qolib, kichik to‘qnashuvlar uchun esa erta follar belgilangani ham tanqid qilindi. Archivo VAR bu holatni “halokatli hakamlik” deb atadi:

"Ancha aniqroq to‘qnashuvlarni eʼtiborsiz qoldirib, kichik to‘qnashuvlar uchun qoidabuzarliklarni qayd etdi. Bu halokat!”, – deb yozadi Archivo VAR.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi chorak finalida “Bavariya” “Real”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:4 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Bavariya”—”Real” bahsini boshqargan hakamni ekspertlar tanqid qildi