Noyer Messini ortda qoldirib yangi rekord o‘rnatdi

Noyer Messini ortda qoldirib yangi rekord o‘rnatdi

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer Chempionlar ligasi doirasida yana bir tarixiy natijaga erishdi. "Real Madrid"ga qarshi chorak final javob uchrashuvi 40 yoshli posbon uchun EChLdagi 137-o‘yin sifatida qayd etildi.

Muhimi, bu ko‘rsatkich Noyerning aynan “Bavariya” safida asosiy tarkibda maydonga tushgan 137-uchrashuvi ham hisoblanadi. Shu tariqa, u bir klub tarkibida Chempionlar ligasida asosiy tarkibda eng ko‘p o‘ynagan futbolchilar orasida yangi tarixiy bosqichni bosib o‘tdi.

Bu natija orqali german darvozaboni futbol afsonasi Lionel Messini ham ortda qoldirdi. Argentinalik yulduz “Barselona” safida Chempionlar ligasida 136 marta asosiy tarkibda o‘ynagan edi.

Hozirgi reytingda Noyer ikkinchi o‘rinda bormoqda. Birinchi pog‘ona esa sobiq “Real” darvozaboni Iker Kasilyasga tegishli bo‘lib, u Madrid klubi safida EChLda 149 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tish joiz, “Bavariya” ushbu chorak finalda “Real”ni ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 6:4 hisobida mag‘lub etib, yarim finalga yo‘l olgan. Noyerning barqaror o‘yini esa jamoaning bu yutug‘ida muhim omillardan biri sifatida eʼtirof etilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar