Infantino: Eron terma jamoasining mundialda ishtirok etishi aniq bo‘ldi

Infantino: Eron terma jamoasining mundialda ishtirok etishi aniq bo‘ldi
Qisqacha

FIFA prezidenti Janni Infantino Eron terma jamoasining 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi rasman tasdiqlanganini ma'lum qildi. U sport siyosatdan yuqori turishi kerakligini ta'kidlab, geosiyosiy vaziyatga qaramay futbol davom etishini qo'llab-quvvatladi. Eron jamoasi guruh bosqichida Belgiya, Misr va Yangi Zelandiya terma jamoalari bilan bir guruhga tushgan.

Janni Infantino Eron terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishi rasman tasdiqlanganini maʼlum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, terma jamoa turnirda ishtirok etish huquqini saqlab qolgan.

FIFA rahbari taʼkidlashicha, hozirgi geosiyosiy vaziyatga qaramay, futbol o‘z yo‘lida davom etishi kerak. Uning fikricha, musobaqa boshlanguniga qadar vaziyat barqarorlashishiga umid katta:

“Eron mundialda ishtirok etadi. Bu aniq. Umid qilamizki, turnir boshlanguniga qadar vaziyat barqarorlashadi”, — dedi Infantino.

Infantino, shuningdek, Eron terma jamoasi maydonga chiqib, o‘z mamlakatini munosib tarzda namoyon etishi lozimligini qayd etdi. U futbolchilarning asosiy istagi o‘ynash ekanini, sport siyosatdan yuqori turishi kerakligini alohida urg‘uladi:

"Terma jamoa kelib, o‘z mamlakatini munosib tarzda namoyon etishi kerak. Futbolchilar o‘ynashni istaydi. Sport siyosatdan tashqari bo‘lishi lozim”, — dedi Infantino.

Maʼlumot o‘rnida, Eron terma jamoasi guruh bosqichida Belgiya terma jamoasi, Misr terma jamoasi va Yangi Zelandiya terma jamoasi bilan bir guruhdan o‘rin olgan.

2026 yilgi Jahon chempionati 2026 FIFA World Cup 11 iyundan 19 iyulgacha AQSH, Kanada va Meksika hududida o‘tkaziladi.

Hozircha barcha eʼtibor turnirga tayyorgarlikka qaratilgan bo‘lib, futbol dunyosi yana bir katta sport bayramini kutmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar