Joze Mourinyo Bernardu Silvaning jismoniy holatiga tanqidiy baho berdi

Real Madrid bosh murabbiyi Joze Mourinyo Bernardu Silvaning mavsumoldi yig'iniga past jismoniy holatda kelganini aytdi. Budapeshtda o'tkazilgan o'rtoqlik uchrashuvida Real Madrid Ferensvaroshni 2:1 hisobida mag'lub etdi, gollarni 41-daqiqada Mario Rivas va ikkinchi bo'lim boshida Karlos Espi kiritdi. Mourinyo Vinisius Junior va Bernardu Silvaning maydonda kam vaqt o'tkazgani hamda pozitsiyalar o'zgarishi jamoaviy uyushqoqlikka ta'sir qilganini ta'kidladi.
Real Madrid bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoadagi ilk uchrashuvini oʻtkazgan yarimhimoyachi Bernardu Silvaning jismoniy tayyorgarligi haqida ochiqcha fikr bildirdi. Goal.com xabar berishicha, tajribali mutaxassis futbolchining mavsumoldi yigʻiniga past jismoniy holatda kelib qoʻshilganini taʼkidlagan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Budapeshtda boʻlib oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida Real Madrid Ferensvarosh ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozondi. Mazkur bahs "qirollik klubi" uchun mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi navbatdagi sinov boʻldi.
Oʻyin tahlili va murabbiy xulosalari
Uchrashuvning 41-minutida Mario Rivas hisobni ochgan boʻlsa, ikkinchi boʻlish boshida Karlos Espi ustunlikni mustahkamladi. Oʻyindan soʻng Real Madrid TV kanaliga intervyu bergan Joze Mourinyo raqibga minnatdorchilik bildirib, oʻyin shiddatiga yuqori baho berdi.Shu bilan birga, portugaliyalik mutaxassis tanaffusdan keyin jamoa oʻyinida tartib biroz buzilganiga eʼtibor qaratdi. Mourinyoning soʻzlariga koʻra, Vinisius Junior va Bernardu Silva kabi futbolchilarning maydonda kam vaqt oʻtkazgani va pozitsiyalar oʻzgarishi jamoaviy uyushqoqlikka taʼsir qilgan.
Bernardu Silvaning holati va Mourinyoning rejasi
Yozda Manchester Siti safidan ikki yillik shartnoma asosida kelib qoʻshilgan Bernardu Silva oʻyin diqqat markazida boʻldi. Biroq Joze Mourinyo yarimhimoyachining hozirgi jismoniy imkoniyatlaridan toʻliq qoniqmaganini yashirmadi.“Sho‘rlik yigit taʼtil paytida dam olib, jismoniy holati biroz past darajada yetib keldi”, — dedi Mourinyo. Taʼkidlanishicha, futbolchi terma jamoa safida Jahon chempionatida ishtirok etib, ogʻir mavsumni boshdan kechirgan.
Murabbiy futbolchining hozirgi jismoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib, uni maydonda 10-raqam pozitsiyasiga koʻchirganini va u bir nechta chiziqlarda harakat qila olishini qoʻshimcha qildi. Real Madrid navbatdagi uchrashuvlarini Deportivo La Coruna va Schalke jamoalariga qarshi oʻtkazadi.






























Izohlar 0
…