“Siti” va “Brentford” tarkiblari ma’lum bo‘ldi

Angliya Premer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan “Manchester Siti” — “Brentford” uchrashuvi boshlanish arafasida. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:30 da start oladi. Mavsumning hal qiluvchi pallasida o‘tadigan ushbu bahs har ikki jamoa uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.
“Manchester Siti” chempionlik poygasida xatoga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda. Xosep Gvardiola shogirdlari o‘z maydonida faqat g‘alaba uchun harakat qilishi tabiiy. “Brentford” esa kuchli raqibga qarshi tartibli himoya va tezkor qarshi hujumlar orqali imkoniyat izlashi kutilmoqda.
Uchrashuv oldidan ikki jamoaning boshlang‘ich tarkiblari e’lon qilindi. “Manchester Siti” safida darvozani Janluiji Donnarumma qo‘riqlaydi. Himoya chizig‘ida Mateush Nunes, Mark Gexi va Natan Ake harakat qiladi. Yarim himoyada Niko O'Rayli, Bernardu Silva, Tijani Reynders hamda Antuan Semeno jamoa o‘yinini tashkil etishi kutilmoqda. Hujumda esa Rayan Sherki, Jeremi Doku va Erling Holand maydonga tushadi.
“Siti”ning zaxira o‘rindig‘ida Trafford, Diash, Stounz, Marmush, Kovachich, Niko, Ayt-Nuri, Savino va Foden kabi futbolchilar bor. Bu esa Gvardiolaga o‘yin davomida tarkibni kuchaytirish va turli taktik o‘zgarishlar qilish imkonini beradi. Husanov qaydnomada ham yo‘q.
“Brentford” ham ushbu bahs uchun asosiy kuchlarini maydonga tashlamoqda. Jamoa darvozasini Kaomin Kelleher himoya qiladi. Himoya chizig‘ida Aaron Xikki, Natan Kollins, Kristoffer Ayer va Maykl Kayode o‘rin olgan. Yarim himoyada Matias Yensen, Yegor Yarmolyuk va Mikkel Damsgor harakat qiladi. Hujum uchligida esa Kin Lyuis-Potter, Igor Tiago va Kevin Shade raqib himoyasiga bosim o‘tkazishga urinadi.
“Brentford” zaxirasida Valdimarsson, van den Berg, Pinnok, Henderson, Dasilva, Nelson, Uattara, Janelt va Furo qayd etilgan.
Bu bahsda asosiy e’tibor, albatta, “Manchester Siti” hujum chizig‘iga qaratiladi. Holand markazda, Doku qanotda, Sherki esa ijodkorlikda jamoaga katta yordam berishi mumkin. “Brentford” esa tartibli himoya, jismoniy kurash va tezkor qarshi hujumlar orqali mezbonlarga muammo tug‘dirishga harakat qiladi.
APL. 36-tur
“Manchester Siti” — “Brentford”
Boshlanish vaqti: 21:30
“Manchester Siti” boshlang‘ich tarkibi:
Donnarumma, Mateush Nunes, Mark Gei, Natan Ake, Niko O'Rayli, Bernardu Silva, Tijani Reynders, Antuan Semeno, Rayan Sherki, Jeremi Doku, Erling Holand.

“Brentford” boshlang‘ich tarkibi:
Kelleher, Aaron Xikki, Natan Kollins, Kristoffer Ayer, Maykl Kayode, Matias Yensen, Yegor Yarmolyuk, Mikkel Damsgor, Kin Lyuis-Potter, Igor Tiago, Kevin Shade.

Mavsum yakuniga yaqin bunday o‘yinlarda har bir daqiqa muhim. “Siti” uchun bu chempionlik yo‘lida navbatdagi sinov, “Brentford” uchun esa katta raqibga qarshi o‘zini ko‘rsatish imkoniyati. Endi barcha gap maydonda — tarkiblar tayyor, intriga ham joyida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!