«Sport-TV» 860 million odam kuzatishi kutilayotgan Milan derbisini jonli namoyish qiladi

«Sport-TV» 860 million odam kuzatishi kutilayotgan Milan derbisini jonli namoyish qiladi
Italiya A seriyasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan «Sport» telekanali Milan derbisini jonli namoyish qiladi, deb yozadi Daryo nashri.

Uchrashuv 15 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 15:30 da start oladi. Uning Milan vaqti bilan 12:30 ga belgilanishi Osiyo auditoriyasini ham jalb qilishga yordam beradi. Taxminlarga ko‘ra, derbini 860 million auditoriya kuzatib boradi.

Bunday o‘yinlar uchun sotilgan chiptalar klubga 4 million yevro foyda keltiishi mumkin. «Inter» o‘tgan yilning sentyabr oyida «Yuventus»ni qabul qilib, 3,9 million yevro daromad qilgani aytilgandi.

«Sport» telekanali 15:20 dan boshlab translyatsiyaga o‘tadi. Kanal, mazkur turdan joy olgan «Roma» — «Atalanta» uchrashuvini ham olib beradi. Bellashuv 22:10 da start oladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar