Antonio Rüdiger Real Madrid bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi

1 daqiqa o'qish411
Antonio Rüdiger Real Madrid bilan shartnomani uzaytirishga rozi bo‘ldi

Ispaniyaning AS nashri xabariga ko‘ra, Antonio Rüdiger Real Madrid bilan shartnomani uzaytirish shartlariga rozi bo‘ldi. Germaniya terma jamoasi himoyachisi klubning yosh chegarasi bo‘yicha qat’iy siyosatini qabul qilib, Madridda yana bir mavsum qoladigan bo‘ldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Real Madrid siyosatiga ko‘ra, 30 yoshdan oshgan futbolchilar bilan shartnomalar faqat bir yilga uzaytiriladi. Dastlab ikki yillik shartnoma kutgan Rüdiger yakunda klub talabiga ko‘nib, jamoada qolishni ma’qul ko‘rdi. Bu qaror futbolchining klubdagi missiyasi hali yakunlanmaganiga bo‘lgan ishonchi bilan bog‘liq.

O‘tgan mavsum himoyachi uchun jismoniy muammolar sababli og‘ir kechdi. Surunkali jarohatlar uni operatsiya stoliga o‘tirishga majbur qildi, biroq Londondagi mutaxassislar yordamida u og‘riqlardan xalos bo‘ldi. So‘nggi haftalarda Rüdiger yana o‘zining yuqori sport formasini tiklab, barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda.

2022-yilda Chelsi safidan erkin agent sifatida kelgan Antonio Rüdiger qisqa vaqt ichida Carlo Ancelotti jamoasining asosiy tarkib futbolchisiga aylandi. Unga Saudiya Arabistoni klublaridan katta takliflar bo‘lishiga qaramay, u Ispaniya poytaxtini tark etishni istamadi va faoliyatini Real Madridda davom ettirishga qaror qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?