Cristiano Ronaldo oltinchi bor jahon chempionatiga yo'l oladi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinez 2026-yilgi jahon chempionati uchun yakuniy tarkibni e'lon qildi. Ro'yxatdan 41 yoshli sardor Cristiano Ronaldo ham joy oldi. Agar u maydonga tushsa, o'z faoliyatidagi oltinchi mundialda ishtirok etib, tarixiy natijani qayd etadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Martinez Ronaldoning jamoa uchun ahamiyati nafaqat maydonda, balki kiyinish xonasida ham juda katta ekanligini ta'kidladi. Murabbiyning so'zlariga ko'ra, Cristiano hamon yuqori talablarga javob beradigan va raqobatbardosh futbolchi bo'lib qolmoqda.
Shu bilan birga, tarkibda kutilmagan o'zgarishlar ham kuzatildi. Klublar safida yaxshi o'yin ko'rsatayotganiga qaramay, yarim himoyachilar Mateus Fernandes va Joao Palhinha 27 kishilik yakuniy ro'yxatdan chetda qoldirildi.
Roberto Martinez jahon chempionati shunchaki iqtidorli futbolchilar to'plami emas, balki katta psixologik bosim ostidagi musobaqa ekanligini qayd etdi. U jamoaning muvaffaqiyati uchun individual mahoratdan tashqari, ruhiy barqarorlik va mas'uliyat muhimligini alohida ta'kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!