Oliy sud taqiqlangan internet manbalari bo‘yicha yangi ro‘yxatni e’lon qildi

Oliy sud taqiqlangan internet manbalari bo‘yicha yangi ro‘yxatni e’lon qildi

O‘zbekiston Oliy sudi diniy ekstremizm, terrorizm va aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi deb topilgan internet manbalari va kontentlarning yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi.

Ma’lum qilinishicha, 2026 yil 13 iyul holatiga ko‘ra, taqiqlangan manbalar soni 1 915 taga yetgan. Ularni mamlakat hududiga olib kirish, tayyorlash, saqlash, tarqatish va namoyish etish qonunchilikka muvofiq taqiqlangan.

Yangilangan ro‘yxatga turli ijtimoiy tarmoqlardagi sahifa, kanal va akkauntlar ham kiritilgan. Jumladan:

  • Facebook — 276 ta sahifa;

  • Telegram — 886 ta kanal va guruh;

  • Instagram — 405 ta profil;

  • YouTube — 202 ta kanal;

  • «Odnoklassniki» — 44 ta sahifa;

  • TikTok — 68 ta akkaunt;

  • Threads — 1 ta profil;

  • veb-saytlar va boshqa internet manbalari — 33 ta.

Oliy sud fuqarolarni, ayniqsa yoshlar va ota-onalarni diniy aqidaparastlik, ekstremizm hamda terrorizm g‘oyalarini tarqatuvchi manbalardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Rasmiy murojaatda ta’kidlanishicha, sud tomonidan taqiqlangan internet resurslaridan foydalanmaslik, ularni tarqatmaslik va bunday kontentlardan uzoq bo‘lish har bir fuqaro uchun muhim hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar