date

Kilian Mbappe Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

Yevropa Chempionlar ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi o‘z yakuniga yetdi. Hal qiluvchi finalda “PSJ” Londonning “Arsenal” klubini penaltilar seriyasida mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta turnir g‘olibiga aylandi.

Mavsum yakunlariga ko‘ra, Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Fransiyalik yulduz musobaqa davomida raqiblar darvozasini 15 marta ishg‘ol qilib, individual jihatdan yana bir kuchli natija qayd etdi.

Mbappedan keyingi o‘rinni “Bavariya” vingeri Luis Dias egalladi. Kolumbiyalik futbolchi turnirda 14 ta gol urib, to‘purarlik poygasida oxirigacha raqobatni saqlab turdi. Ammo yakunda bir gollik farq Mbappega ustunlik berdi.

E’tiborlisi, Kilian Mbappe bu mavsum faqat Chempionlar ligasida emas, Ispaniya chempionatida ham to‘purarlikni qo‘lga kiritgan edi. U La Ligada 25 ta gol urib, “Real” hujumidagi asosiy kuchlardan biri bo‘lganini yana bir bor isbotladi.

Qisqasi, “PSJ” Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, turnirning gollar bo‘yicha qiroli Kilian Mbappe bo‘ldi. Fransiyalik hujumchi klubi bilan kuboksiz qolgan bo‘lishi mumkin, ammo shaxsiy statistikada yana top darajani ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kilian Mbappe Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi