Andijonda valyuta olib chiqishning g‘ayrioddiy usuli: yo‘lovchida oyoq kiyimga yashiriligan 8 ming dollar aniqlandi

Andijon viloyatidagi "Do‘stlik" chegara bojxona postida xorijiy valyutani yashirib olib chiqishga doir holat aniqlandi. Bojxona xodimlari nazorat jarayonida yo‘lovchilardan birining harakatlariga chek qo‘ydi.
Yo‘lovchi o‘zi bilan 8 ming AQSH dollari olib ketayotganini rasman bildirgan. Biroq qo‘shimcha tekshiruvda uning poyabzali ichiga yana shuncha, ya’ni 8 ming AQSH dollari yashirib qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Natijada yashirin olib chiqishga urinilgan mablag‘ bojxona xodimlari tomonidan aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan zarur hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Fuqarolar O‘zbekiston hududidan ekvivalenti 100 million so‘mgacha bo‘lgan naqd valyutani olib chiqishi mumkin. Buning uchun bojxona qoidalari va belgilangan tartiblarga to‘liq amal qilish talab etiladi.































Izohlar 0
…