Qarzdorlik evaziga Equinox auksion savdosiga chiqarildi

Qarzdorlik evaziga Equinox auksion savdosiga chiqarildi

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish  sho‘basi ish yurituvidagi ijro hujjatiga asosan qarzdor N.D.dan undiruvchi bank foydasiga 334 356,8 ming so‘m qarzdorlik undirish hamda undiruvni garovga qo‘yilgan avtotransport vositasiga qaratish belgilangan.

Qonun talablariga muvofiq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan. Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.

Garov mulki sifatida qayd etilgan avtotransport vositasi, belgilangan tartibda auksion savdosiga chiqarilib, auksion savdolarida sotildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar