Jahongir Xo‘jayev Andijonda 3,5 metrlik pitssa tayyorlab rekord o‘rnatdi!

Jahongir Xo‘jayev Andijonda 3,5 metrlik pitssa tayyorlab rekord o‘rnatdi!

Andijonda uzunligi 3,5 metr bo‘lgan katta pitssa tayyorlandi. Ushbu tashabbus bir nechta bizneslar egasi Jahongir Xo‘jayev va uning jamoasi tomonidan amalga oshirilgan.

Pitssa "Sariq bola" nomi bilan ochilgan markazda pishirilgan. Jarayon boshlanishi bilanoq buni ko‘rish uchun ko‘plab odamlar to‘plangan. Katta hajmdagi pitssani tayyorlashda jamoa birgalikda ishlab, xamirni yoyishdan tortib, mahsulotlarni joylashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichni bajargan.

Ijtimoiy tarmoqqa joylangan videoda Jahongir Xo‘jayev bu natijani rekord sifatida baholab, "O‘zbekistonda birinchi marotaba" deb yozgan. Shuningdek, u andijonliklarni faollik ko‘rsatishga chaqirgan.

Tayyor pitssa atrofida odamlar suratga tushgan, video esa turli sahifalarda tarqalgan. Ko‘pchilik 3,5 metrlik pitssaning qanday pishirilganiga qiziqish bildirmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar