Bugun Qozog‘istonda milliy futbol kuni keng nishonlanmoqda. 2002 yilning aynan 25 aprelida Stokholm (Shvesiya)da qo‘shni davlat Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UEFA)ga rasman qabul qilingan edi.
Qozog‘iston futbolini ayovsiz tanqid qilishlariga qaramasdan, o‘z o‘rnida ijobiy vaziyatlarni yodga olish, ushbu sport turiga daxldor barchani kichik yubileycha bilan tabriklash ham mumkin.
UEFAga o‘tilganidan so‘ng darhol ravshanlashdiki, qozoq futbolida qilinadigan ishlarning adog‘i ko‘rinmas edi. Mamlakatdagi infratuzilma Evropaning aksariyat davlatlaridan juda orqada edi.
Ayni paytda davlat infratuzilmani rivojlantirish uchun mablag‘larni faol sarflamoqda. Mamlakatdagi stadionlar yangilangan, zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘ldi, respublikaning bosh arenasi — «Astana Arena» esa yaqin yillarda Evropa Superkubogini qabul qilishga nomzod sanaladi.
Butun mamlakat bo‘ylab ommaviy hamda bolalar va o‘smirlar futboli rivojlanmoqda, turli musobaqalar tashkillashtirilmoqda. Butun mamlakatdagi bolakaylar o‘zlari kelajakda Smakov, Jumaskaliev, Nuserbaev, Islomxonov kabi futbolchilar bo‘lishiga ishonishadi. O‘smirlar va yoshlar terma jamoalari yirik xalqaro musobaqalarda ishtirok etmoqda va muvaffaqiyat qozonmoqda. Shu yilning yanvarida 18 yoshgacha bo‘lgan Qozog‘iston o‘smirlar terma jamoasi Sankt-Peterburgda o‘tgan va 16 terma jamoa ishtirok etgan Valentin Granatkin xotira turnirida kumush medallarga sazovor bo‘lishdi.
Qozog‘iston milliy terma jamoasi xalqaro maydonlarda vatan sha’nini munosib himoya qilmoqda. Terma jamoaning Serbiya, Niderlandiya, Turkiya, Chexiya, Xorvatiya, Ukraina, Polsha, Ruminiya va boshqa kuchli terma jamoalarga qarshi o‘yinlarini eslashning o‘zi kifoya. Evropa terma jamoalaridan hozir hech kim Qozog‘istonga safarni navbatdagi uch ochkoni qo‘lga kiritish sifatida qabul qilmayapti.
So‘nggi yillarda Qozog‘istonda klub futboli Evropa kubok turnirlarida yuqori natijalar namoyish etib kelmoqda. 2007 yilda Qo‘stanayning «Tobol» klubi Intertoto kubogini yutib, ilk qaldirg‘och bo‘lgan edi. Undan so‘ng Qarag‘andaning «Shaxtyor»i 2013 yilda Evropa ligasining guruh bosqichiga yo‘l oldi. Mamlakat futboli tarixida eng katta natijaga poytaxtning «Astana» klubi erishdi, ular qit’aning eng yirik futbol turniri — UEFA chempionlar ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishdi. Bir necha yil avval bunga ishonish ham qiyin edi, chunki qozog‘istonliklar bu nufuzli turnirni faqat televizor orqali kuzatib kelishgan. «Astana»ning muvaffaqiyati tasodif emasligi kelgusi yil ham isbotlandi, ular Evropa ligasi guruh bosqichiga yo‘l olishdi va unda evrokuboklardagi ilk g‘alaba ham tantana qilindi. Poytaxt klubidan Olmaotaning «Qayrat»i ham ortda qolishni istamayapti va u ham Evropada serblarning «Srvena Zvezda» va fransuzlarning «Bordo» kabi kuchli klublariga qarshi teppa-teng kurash olib bordi.
Futzal terma jamoasi
Qozog‘istonlik futzalchilar ham muxlislarga kam quvonch baxsh etishmadi. Ular o‘tgan yili Evropa chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritishdi, boz ustiga, bu musobaqa terma jamoa uchun asosiy bosqichdagi debyut o‘yin bo‘ldi. Qozog‘iston futzal terma jamoasi Kolumbiyada o‘tgan jahon chempionatida ham mamlakat sharafini munosib himoya qilib, guruh bosqichini omadli yakunlab, 1/8 finalga yo‘l oldi. Bu yil futzalchilar saralash bosqichini osongina bosib o‘tishdi va kelgusi yil Sloveniyada o‘tadigan Evropa chempionatida ishtirok etishadi.
Qozog‘istonda klub futzali haqida gapiriladigan bo‘lsa, Olmaotaning «Qayrat» klubi ko‘hna qit’adagi eng nufuzli mukofot — UEFA kubogini ikki bor qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, «Qayrat» mudom sovrindorlar qatoridan o‘rin olmoqda. Bu yil klub turnirda uchinchi bor zafar quchishga juda yaqin turibdi. Yaqin kunlarda Olmaotada Evropaning eng kuli to‘rt jamoasi «To‘rtliklar finali»da bahslashishadi.
Ayollar futboli
Qozog‘istonlik qizlar ham yigitlardan ortda qolishni istashmayapti. Qozog‘iston ayollar terma jamoasi JCh-2019 saralash guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va asosiy saralash bosqichiga yo‘l olgan. Chimkentning «BIIK-Kazigurt» ayollar futbol jamoasi ko‘hna qit’ada mamlakat sha’nini munosib himoya qilmoqda va ular o‘tgan yili ilk marta Chempionlar ligasining 1/8 finaliga yo‘l olishdi.
Sportning bu turini rivojlantirish uchun Qozog‘istondagi bosh organ Qozog‘iston futbol federasiyasi hisoblanadi. 2016 yilning so‘ngida taniqli sovet va qozoq futbolchisi, Olmaotaning «Qayrat» klubi sobiq sardori Seilda Bayshakov futbol federasiyasining prezidenti etib saylandi va u mamlakatda futbolni rivojlantirishning aniq siyosatini belgilab oldi.
Evropada QFF nufuzi borgan sari ortib bormoqda, buni evropalik hamkasblarning fikrlari ham isbotlab turibdi. 2014 yilda Ostonada UEFAning XXXVIII Kongressi o‘tkazildi va evropalik mehmonlar tomonidan yuqori bahoga ega bo‘ldi. Bu yil Olmaota futzal bo‘yicha 2018 yilgi Evropa chempionati asosiy saralash bosqichini o‘tkazish joyi etib tanlandi. UEFA nazoratchisi bu muhim voqeani tashkillashtirishda QFF mehnatini yuqori baholab, qit’a turnirining final bosqichini ham mamlakatning janubiy poytaxtida o‘tkazish imkoniyatini qo‘llashini ma’lum qildi.
Shuningdek, Qozog‘iston futbol federasiyasi mamlakatda har yili yana bir nufuzli turnir — Prezident kubogini ham tashkillashtiradi-ki, unda ham kuchli jamoalar bosh sovrin uchun kurash olib borishadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda onkologik kasallikka chalingan ayollar bepul davolanadi
Slovakiya bosh vaziri Putinning taklifini qabul qildi
Bosh kiyimsiz yurishning organizmga qanday ta’siri bor?
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
Endi «Doimiy yashash joyiga ro‘yxatga qo‘yish» qulaylashdi (video)
Organizmda qaysi turdagi vitamin yetishmayotganini qanday aniqlash mumkin?
Gretsiyada minglab odamlar NATOga qarshi namoyish o‘tkazdi
Erdo‘g‘on: “Turkiya G‘azo mojarosi tugamaguncha Falastinni qo‘llab-quvvatlaydi”